Endokrinologiya mutaxassisligi 2 -bosqich magistri Baxromov Abdurahmon –  “Medkomiks” volontyorlik loyihasi va «Gippokamp» onlayn tibbiyot platformasi loyihasi asoschisi bo’lib, 2024-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan “Volyontorlik loyihalari – 2024” tanlovida g’olib deb topilib, 60 mln. so’mlik grand yutug’iga ega bo’ldi. «Medkomiks» loyihasi tibbiyotga bag’ishlangan, komiks ko’rinishidagi illustrativ rasmlar bilan tushuntirilgan va boyitilgan yangicha ko’rinishdagi kitob bo’lib, o’zida bir qancha yo’lanlishlarga doir ma’lumotlarni jamlaydi. Kitobda 16 xil yo’nalishni o’z ichiga oladi, jumladan Endokrinologiya bo’limi ham mavjud bo’lib, kasalliklar va patologik holatlar ajoyib komiks shaklda yoritib o’tilgan. Loyihaga grand ajratilishidan maqsad: ushbu kitobni ommalashtirish va xayriya ko’rinishda tibbiyot qatlamidagi talabalar, o’quv yurtlari kutubxonalari va shakllanayotgan yosh avlodni tibbiyotga qiziqtirish maqsadida tarqatish nazarda tutilgan. Ushbu hayriya doirasida Endokrinologiya kafedrasi magistr bosqich talabalariga ham kitoblar tarqatildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.