Davolash ishi
Kafedramiz xodimlari tomonidan TDTU ko’p tarmoqli klinikasida joylashgan me’da-ichak, gepatobiliar va endokrinologiya bo‘limlarida davolash ishlarini olib borishadi. Bundan tashqari klinikada gastroenterolog sifatida maslaxat ishlarini olib borishadi hamda Toshkent shaxridagi №17, №45-oilaviy poliklinikalarda va Olmazor tuman markaziy poliklinikasida, Zangiota tumanidagi “Salimsoqov” nomli QVPda maslaxat ishlarini olib borishadi.
Umumiy amaliyot vrachi tayyorlash ichki kasalliklar va endo
krinologiya kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasining 12 binosida joylashgan. Ushbu klinikaning gastroeterologiya (30o‘rin), gepatobiliar kasalliklari (30 o‘rin) va endokrinologiya bo‘limi (30 o‘rin) kafedraninig klinik bazalari xisoblanadi. Toshkent shaxrining 45,9, 37 oilaviy poliklinikalari va Toshkent viloyatining Zangiota tumani “Salimsoqov” va “Nazarbek” QVPlarida xam talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlar olib boriladi va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bu yerda kafedraning yuqori malakali mutaxasislari tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tqaziladi va maslaxatlar beriladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasining maslaxat poliklinikasida kafedraning malakali xodimlari murojaat qilgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tqazadilar, barcha diagnozini aniqlash qiyin bo‘lgan bemorlarni tekshiruvida qatnashadilar. Maslaxat poliklinikasi tarkibida zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlangan ultratovush diagnostikasi, endoskopik tekshiruvlar (ezofagoduadenofibroskopiya, rektoromanoskopiya va kolonofibroskopiya), spirografiya, exokardiografiya, elektrokardiografiya, rentgenografik tekshiruvlar xonalari va xozirgi davr talabiga javob beruvchi klinik va biokimyoviy laboratoriya mavjud.


Kafedra professor va o‘qituvchilari 1- va 2 – klinika xududida joylashgan barcha bo‘limlarda tibbiy maslaxatlarda qatnashadilar, terapevt va endokrinolog zarur bo‘lgan xolatlarda maslaxatga tashrif buyuradilar. Muntazam ravishda kafedra xodimlari “tibbiy aviatsiya” bo‘yicha navbatchilikda bo‘lib, respublika miqyosida xam yuqori malakali konsultativ yordam beradilar.

Gastroenterologiya bo‘limida quyidagi tashxisli bemorlar malakali va sifatli terapevtik – konservativ davoni o‘taydilar:
- me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi,
- nospetsifik yarali kolit,
- surunkali xoletsisit,
- surunkali pankreatit
- ichak ta’sirlanish sindromi,
- me’da va 12 barmoq ichak yarasi tufayli jarroxlik operatsiyalari o‘tqazgan bemorlar,
- surunkali gastrit,
- gastroezofageal reflyuks kasalligi,
- seliakiya va xarxil etiologiyalik malabsorbsiya sindromlari.
Gepatobiliar kasalliklari bo‘limida:
- surunkali gepatit,
- jigar sirrozi,
- surunkali pankreatit ,
- surunkali xoletsistit va xolangit bilan xastalangan bemorlar davolanadilar.
Endokrinologiya bo‘limida:
- qandli diabet,
- diffuz toksik bo‘qoq,
- qandsiz diabet,
- gipotireoz,
- semizlik va vazn defitsiti bo‘lgan bemorlar tekshiruvlardan o‘tqaziladi va ixtisoslashtirilgan davo oladilar.



Davolash jaroyonida kafedra professor va dotsentlari maslaxat tariqasida bemorlarni ko‘rikdan o‘tqazadilar, assistentlar esa o‘zlariga biriktirilgan palatalarda bemorlarni olib boradilar. Ertalabki konferensiyalarda kafedra xodimlari va klinika xodimlari birgalikda klinikaga kelgan yangi bemorlar taxlilini o‘tqazadilar. Muntazam ravishda bo‘limlarda professor va dotsentlarning ko‘riklari tashkil qilinadi.Klinik konferensiyalarda tibbiyotning dolzarb masalalari va amaliyotda uchragan qiziq va murakkab klinik xolatlar taxlili o‘tqazilib boriladi. Gastroenterologiya, gepatobilliar kasalliklari va endokrinologiya bo‘limlarida bemorlar uchun “Sog‘lom turmush tarzi”, “Rasionaal ovqatlanish” va “Diabet maktabi” maktablari tashkil qilingan. 




