2-sonli ichki kasaliklar kafedrasi ToshShahTI 2-klinikasi bazasida 1996-yil tashkil topgan.
2- sonli terapiya kafedrasi birinchi mudiri M.T.Rustamova hisoblanadi. Kafedrada t.f.d. Azizov K.N. (2001-yildan), dotsentlar Mavlanov F.M. (1996-yildan), Saidova M.T. (1996-yildan), Tuxtamuradova D.A. (1996-yildan), Sadikova S.I. (2000-yildan) , katta o’qituvchilardan: Semenixina A.D. (1996-yildan), t.f.k. Miraxmedova X.T. (2003-yildan), assisentlardan: Xabirova N.G. (2001-yildan), Urazaliyeva M.U. (2003-yildan), Tagayeva M.X. (2004-yildan), Xaytimbekov J.SH. (2004-yildan), Aripova N.N. (2004-yildan), Eshniyazova U.N. (2004-yildan), Abdiyeva Yu.A. (2005-yildan), Ibragimova N.N. (2005-yildan), Namazova N.K. (2006-yildan) ish faoliyatlarini olib borishgan va olib borishmoqda. Kafedrada turli xil yilar davomida t.f.d. Daminov SH.N. , dotsent Azimov R.I, assisentlar t.f.k. Mahkamov A.K., Murtazina A.A., Babaxonova M.X., Gaziyeva N.U., Azizova P.X. va Yusupov O.P., Malikova G.R. lar ishlashgan.
2005-yilda bizning kafedra t.f.d. Salixova N.S., dotsent Mamedova G.D., katta o’qituvchi t.f.k. Muxtarova M.Z., assistenlar t.f.k. Azizova P.X., Kadirov F., Maqsudova N., Mahmudova Sh. lar tarkibdagi endokrinologiya kursiga qo’shildi.
Bizning kafedra professor Rustamova M.T. boshchiligida 10 yil davomida kafedra tarkibi va klinik bazasi ko’paydi. Ilmiy-izlanish ishlari uchun kerak bo’ladigan zamonaniy jihozlar bilan boyitildi.
Kafedrada tashkil topgan birinchi yilar davomida ilmiy izlanish yo’nalishi pulmonologiya-kardiologiya sahosi hisoblandi. Shu yo’nalish bo’yicha “Ulug’ yoshdagi bemorlarda surunkali o’pka kasalliklari yurak-qon tomir kasalliklari bilan birga o’ziga xos kechishi va davolash ” mavzusida ilmiy ish olib borildi.
Professor Rustamova M.T. boshiligida doktorant Azimov R.A., aspirant Turimbetova M.T., aspirant Daminov R.M., aspirant Miraxmedova X.T. ishlarini bajarishdi. Aspirant Турымбетова М.Т. o’zining kondidant ishini “Janubiy Orol atrofidagi ulug’ yoshlardigilarda surunkali obstruktiv bronxitni o’ziga xos klino-funksional kechishi” mavzusida, aspirant Daminov R.M. “surunkali YuIK va GK havfli sindromi bor kasalarda Tranksen bilan kompleks davolash”mavzusida, aspirant Mirmuhamedova X.T. “Reaktiv artrit, klinik xosligi, kechishi, davolash, gaptoglobulin fenotipi va qon guruhiga nisbatan oqibati” mavzusida yoqlashdi.
GKNT grandiga NIR kafedrasi hodimlari bilan birgalikda “Koranal qon tomirlar kasalligi bilan kasalangan endovaskulyar xirurgik operatsiyaga muhtoj bo’lmagan va shu qatorda koranor qon tomirlarda xirugik operatsiya o’tkazgan bemorlarda zamonaviy reablitatsiya metodalari” mavzusida ish olib borilmoqda. GKNT davlat buyurtmasi ikki yil davomida o’z vaqtida bajarildi .
2000-yildan buyon kafedrani ilmiy yo’nalishi pulmonologiya-kardiologiya hisoblanadi. Insitutnig “Diagnostikani yangi effektivligi yuqori va ichki kasalliklarni davolshni yangi yo’larini topish. Profilaktikani ratsional yo’lari ” borasidagi muomolarini hal qilishda kafedra hodimlari “Ulug’ yoshdagilarda oshqozon-ichak tizimida yarali kasallikni klinik o’ziga xos kechishini o’rganish” ishi bo’yicha izlanish olib borishmoqda. Kod UDK 616.33/34-053.9.
Kafedra hodimlari 10 yil davomida amaliyotga yangi izlanish va davolash medodlari, yani AB ni sutkalik monitoringi, qoni reologik xususiyati, fibrobronxila tekshiruv, uraez metodi bilan endoskopik tekshiruv orqali Helicobacter pylori (HP) tekshirish, ultratovush tekshiruv orqali o’t pufagini motor funksiyasini teksgirish,immunologic tekshiruv, tana vaznini korreksiya qilish, psixologik testlar, o’pirinlarni so’roq qilish uchun anketalar ishlab chiqarildi, yara kasaliklarini uch va to’rtkomponent orqali davolash ishlab chiqarildi.
Ma\lumki ortiqcha vazn xozirgi kunda ekonomik rivojlangan mamlakatlarda tez uchraydigan xavf omili xisoblanadi. Oxirgi ma’lumotlargha qaraganda yer yuzida 1 mlrd ortiq odam ortiqcha tana massasiga ega, ulardan 250mln da semizlik aniqlanadi. Shuning uchun kafedrada bu masala bo’yich a bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan izlanuvchi Xabirova N.G. “Ortiqch atana massali kishilarda surunkali pankreatitning klinik kechishi va davolash samarasining xususiyatlari” mavzusidagi kandidatlik dissertatsiyasi o’quv kengashida tasdiqlandi.
Kafedrada muvoffaqqiyatli ravishda Salieva N. A. ning “Gastroduodenal patologiyali ankilozlovchi spondiloartritning klinik kechishi va kompleks terapiyaning samarasi” mavzusidagi va Salimova N.D. ning “O’smirlarda gastroduodenal soxadagi erroziv yarali zararlanishning klinik kechishi xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy kandidatlik dissertatsiyalari ximoya qilindi.
Kafedrada professor Rustamova M.T. boshchiligida ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor beriladi. Uning qo’l ostida Xodjaeva U. , Kim A. , Yusupov O. , Mo’minova S. , Maxkamov A. , Mirzayeva D., Beknazarov O., Fisenko T., Musakov M. Kabi klinik ordinatorlar krinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatdilar.
2001yildan 2005 gacha kafedrada gastroenterologiya mutaxasisligi bo’yicha magistratura tashkillashtirilgan, 2008 yildan xozirgi kungacha “ Oilaviy tibbiyot” yo’nalishida magistrlar taxsil olishmoqda.
Kafedra xodimlari tomonidan 500dan ortiq maqola va tezislar chop ettirilgan bo’lib, ulardan 10tasi chet davlatlarda va 20dan ortig’i yaqin chet davlatlarda chop etilgan. Gastroenterologik kasallarni davolash standarti va bir qancha metodik tavsiyalar chiqarilgan.
2003yildan boshlab kafedrada sistematik ravishda praktik vrachlar, ilmiy xodimlar uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish va ilmiy tezis va maqolalar qo’llanmalari chop etilishi yo’lga qo’yilgan.
2012 yilda kafedra mudiri etib t.f.d. Xamraev A.A. tayinlangan. Shu yildan boshlab kafedra assistentlari lavozimiga Oilaviy tibbiyot magistraturasini tamomlagan yosh mutaxasislar ishga qabul qilingan.