ICHKI KASALLIKLAR VA ENDOKRINOLOGIYA KAFEDRASI
1990 yillarda Toshkent tibbiyot institutining bir necha binolari negizida 2 ta tibbiyot oliygoxlari: Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot va Ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot institutlari tashkil topdi.


2-son ichki kasalliklar kafedrasi 1996 yil sentyabr oyida 2-son umumiy amaliyot shifokori tayyorlash ichki kasalliklar va klinik allergologiya kursi kafedrasi sifatida Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida tashkil etildi.
Kafedrani tashkil etishda tibbiyot fanlari doktori, professor Rustamova Mamlakat To‘laboevna faol ish olib bordi va kafedra mudiri etib tayinlandi. Klinik allergologiya kursini tibbiyot fanlari doktori, professor Nazarov Ozod Axmedovich boshqardi. 1996-2012 yillari kafedrani professor Rustamova Mamlakat To‘laboevna boshqarib keldi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 29 iyul sanasidagi 178-sonli Qarori bilan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2005 yil 19 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tashkil etish togrisida» gi 3629-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.
Kafedra 2005-2010 yillari Akademiyaning davolash fakul’teti 2- son umumiy amaliyot shifokori tayyorlovchi ichki kasalliklar va klinik allergologiya kafedrasi sifatida, 2010-2016 yillari esa 2-son umumiy amaliyot shifokori tayyorlovchi ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi.
Kafedrani 2012 yil sentyabr oyidan tibbiyot fanlari doktori, professor Xamraev Abror Asrarovich boshqarib kelmoqda.

Endokrinologiya kursi tarixi.
1972 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining gospital terapiya kafedrasi tarkibida endokrinologiya kursiga asos solingan.
Endokrinologiya kursi ToshDavTIning endokrinologiya bo‘limi bazasida tashkil etilgan. 1972-1979 yillarda kursni tibbiyot fanlari doktori, professor Fedorova Polina Ivanovna boshqargan.
Endokrinologiya kursining faoliyati nafaqat talabalarga bilim berish, balki klinik ordinatorlar ,аspirant va doktorantlarni tayyorlashdan iborat bo‘lgan.
P.I. Fedorova rahbarligida klinik ordinaturada Xamida Karimovna Baymuxammedova (1972-1974 yy.), Ulug‘bek Karimovich Kayumov (1977-1979 yy.), Maxmudov Erkin Orxonovich (1977-1979 yy.) kabi etuk mutaxassislar etishib chiqqan.



Fedorova Polina Ivanovna
Kurs qoshida pedagogik va ilmiy faoliyat chambarchas olib borilgan. Bu borada talaba, klinik ordinator va aspiratlar uchun talabalarning o‘quv tadqiqot laboratoriyasi (TO‘TL) tashkil etilgan.
Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, professor Salaxova Nazira Sagdullaevna rahbarligida faoliyat boshlagan.



Professor N.S.Salaxova o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar tayyorlashga erishdi. Dosent Galina Djabbarovna Mamedova, Dilorom Qamaritdinovna Najmutdinova, Barno Xabibullaevna Shagazatova, Aziza Abdullaevna Baxodirova, Gavxar Nazirovna Azimova, Margarita Zoidjanovna Muxtorova shular jumlasidandir.
N.S.Salaxova UJSST ning endokrinologiya bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi koordinatori, Xalqaro Diabetologlar Federatsiyasi (IDF) a’zosi, O‘rta Osiyo diabetologlar Assosiasiyasining birinchi prezidenti sifatida ham sharafli faoliyat yuritgan.
1991-1997 yillarda Birinchi Toshkent Davlat institutidagi endokrinologiya kursiga tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Arzumetova Dilya Safarovna boshchilik qilgan.
D.S.Arzumetova rahbarligida pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. D.S.Arzumetova 40 dan ziyod ilmiy maqola va o‘quv-uslubiy nashrlar muallifidir. D.S.Arzumetovaga nafaqat talabalar orasida, balki xamkasblari orasida ham xurmatga sazovor ustoz sifatida qaralgan.
1997-2002 yillarda kurs boshqaruvi tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Poskаrkova Tat’yana Valentinovna tomondan amalga oshirilgan.
T.V.Poskаrkova talabalarga endokrinologiya fanini o‘qitishda innovasion uslublarni qo‘llashni birinchilardan tadbiq etgan. T.V.Poskаrkova 10 dan ziyod o‘quv, ilmiy nashrlar muallifidir.



2002 yilda Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida endokrinologiya kafedrasi tashkil etilgan. 2002-2005 yillarda kafedaga tibbiyot fanlari doktori, professor Najmutdinova Dilorom Qamaritdinovna mudirlik qilgan.
2005 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil qilingach, endokrinologiya kurs sifatida eski xududda 2005 yildan 2014 yilgacha 3-son UASH tayyorlash va endokrinologiya kafedrasi professori Gadaev A.G. raxbarligi ostida, yangi xududda esa endokrinologiya kursi 2-son UASH tayyorlash kafedrasi professori Rustamova M.T. boshchiligida faoliyat yurita boshlagan.
2014 yildan xozirgi kunga qadar bakalavriat va klinik ordinatura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berishda professor Shagazatova Barno Xabibullaevna, magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha professor Najmutdinova Dilorom Qamaritdinovna rahbarligida mutaxassislar ish yuritishmoqda.

2016 yil sentyabridan TTA davolash fakul’teti 2-son ichki kasalliklar kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra Toshkent shahridagi TTA 1-klinikasi 12-binosining 2, 3 va 6- qavatlarida joylashgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublikada birinchi bo‘lib amaliy mahoratlarni o‘rgatish maqsadida “Umumiy amaliyot shifokori” modelini tashkil etishda faol qatnashdi va bugungi kunda talabalar, magistrantlar, klinik ordinatorlarga ushbu markazda amaliyotdan o‘qitilib kelinmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 4 ta professor, 8 ta dosent, 3 ta katta o‘qituvchi va 11 ta assistent faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedrada talabalar «Ichki kasalliklar» va «Endokrinologiya» fanlaridan taxsil oladilar.
Kafedrada “Gastroenterologiya” va “Oilaviy tibbiyot” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura ochilgan va 2013 yilgacha faol ishlar yuritilib, 50 dan ortiq malakali kadrlar tibbiyot amaliyotiga tayyorlangan.
Xozirgi kunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha akademiyaning davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya fakultetlari talabalari taxsil olmoqdalar.
Xozirgi kunga qadar endokrinologiya mutaxassisligi bo‘yicha 40 dan ziyod klinik ordinatorlar ta’lim olib, Respublika miqyosida o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.
Еndokrinologiya sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish B.X.SHagazatovaning muhim vazifalaridan biridir.
B.X.SHagazatova Birinchi Moskva Davlat tibbiyot universiteti, Kozon Davlat tibbiyot universiteti, Turkiyaning Liv klinikasi kabi etakchi xorijiy tibbiy ta’lim va davolash-profilaktik muassasalari bilan endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy amaliy aloqalarini faol rivojlantirib, xamkorlikdagi tibbiy-ilmiy tadbirlar tashkil qilmoqda xamda xalqaro loyixalarda ishtirok etib bormoqda.

Shuningdek, xamkorlikdagi ta’limga oid tadbirlar o‘tkazish uchun
etakchi xorijiy professorlar O‘zbekistonga tashrifini yo‘lga qo‘ymoqda.
B.X. Shagazatova o‘zining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini etakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida muntazam ravishda oshirib boradigan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.X. Shagazatova Evropa diabetologlarining xalqaro Assosiasiyasi a’zosidir. Ilmiy maqola va tezislari Chexiya, Fransiya, Shvesiya va Germaniya kabi ilg‘or davlatlar nashriyotlarida chop etilgan.
Birinchi ToshDavTI qoshida endokrinologiya fani bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishiga 2002 yilda tibbiyot fanlari doktori, professor Dilorom Qamaritdinovna Najmutdinova tomonidan asos soligan.
D.Q.Najmutdinova rahbarligida magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti, namunaviy va ishchi dasturlar ishlab chiqildi. 2020 yilda ilk bor magistratura ta’lim yo‘nalishida kredit-modul tizimi ta’lim berishga asoslangan o‘quv dasturi ishlab chiqishda etakchilik qildi.
2005-2021 yillar mobaynida 120 nafar etuk, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlandi. Xozirgi vaqtda ulardan 12 nafari ilmiy- pedagogik, 10 nafari – ilmiy, 98 nafari – amaliy tibbiyot jabxalarida faoliyat olib bormoqdalar. 3 nafar bitiruvchi xozirda sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlik vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Bitiruvchilarning 6 nafari PhD va 1 nafari fan doktori ilmiy unvoniga ega.
2022 yil mobaynida magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha darslik chop etilishi rejalashtirilgan.
2002 yildan boshlab 120dan ziyod magistrlar ta’lim olib, Respublika miqyosida o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.
O‘quv ishlari. Kafedrada xodimlari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari, klinik ordinatorlari va magistrlarining asosiy bilim manbaiga aylanib ulgurgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari. Kafedraning tashkil topgan dastlabki kunlaridan boshlab ichki kasalliklar fani bo‘yicha dolzarb muammolarni echish ustida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ko‘p uchraydigan terapevtik kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash yo‘lida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida zamon talablariga javob beruvchi yangi tashhislash, davolash va profilaktika usullari ishlab chiqilmoqda va ular natijasida nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.
Kafedra xodimlari «Реабилитация новых подходов к ранней диагностике и комплексному лечению сочетанных патологий внутренних органов» deb nomlangan ilmiy mavzu ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, kafedrada 2 ta mustaqil izlanuvchi va 8 ta magistrantlar ilmiy izlanish olib bormoqdalar. Kafedrada 1996 yildan buyon 3 ta doktorlik va 12 ta nomzodlik dissertasiyalari ximoya qilingan.
Nashr etilgan ishlar: darsliklar «Geriatriya» (2012), 20 tadan ziyod o‘quv qo‘llanmalar, 50 tadan ortiq o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar va jurnallarda 550 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.
Xozirgi vaqtga qadar endokrinologiya kursi miqyosida 3 nafar doktorlik va 6 nafar nomzodlik dissertasiyalari ximoya qilingan bo‘lib, kafedraning yuqori ilmiy saloxiyatidan darak beradi.
Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati, bir nechta to‘garaklar faol ish olib bormoqda. Talabalarimiz Xalqaro Olimpiadalarda qatnashib, 1- va 2-o‘rinlarni egallashga muvoffaq bo‘ldilar.

Tibbiyot fanlari nomzodligi dissertasiyalari:
- Daminov R.M. “Клоназепам в комплексной терапии ИБС и АГ”. 14.00.06-kardiologiya (2002 yil).
- Miraxmedova X.T. “Реактивные артриты урогенитальной этиологии клиника, течение, лечение,прогноз в зависимости от фенотипов гптоглобина и группы крови АВ0”. 14.00.05-ichki kasalliklar” (2003 yil).
- Turimbetova M.T. “Особенности клинического течения обструктивного бронхита в Республике Каракалпакстан” 14.00.43- pul’monologiya (2004 yil).
- Azizova P.X. “Оценка эффективности дифенилгидонтиона (фенитоин) на некоторые показатели агрегации тромбоцитов у больных с ХСН” 14.00.42 klinik farmakologiya (2004 yil).
- Azizova D.L. “Функционально-структурные изменения щитовидной железы и надпочечников при хроническом гепатите”. 14.00.16 –patologik fiziologiya (2006 yil).
- Urinbaeva D.A. “Пути оптимизации сахароснижающей терапии с учётом микробиосиноза организма и иммунитета у больных с сахарным диабетом”. 14.00.03 (2007 yil).
- Solieva N.A. «Клиническое течение и лечение анкилозируюшего спондилоартрита НПВ-индусированной индусированной гастродуоденалъной патологией» 14.00.05 – ichki kasalliklar (2008 yil).
- Ibragimova N.X. “Клиника, патогенез и лечение поражений печени при миелолейкозе” (2009 yil).
- Sadikova N.G. “Ранняя диагностика кардиоваскулярной форми диабетической автономной невропатии и пути ее коррекции”. 14.00.03 (2009 yil).
- Xabirova N.G. «Особенности течения хронического панкреатита у лис с избиточной массой тела» 14.00.05 – ichki kasalliklar (2010 yil).
- Artikova D.M. “Клинико-патогенетические особенности туреского седла”. 14.00.03 (2010 yil)
- Muxiddinova G.D. «Совершенствование организасии профилактической помоши при метаболическом синдроме”. 14.00.33 – Jamoat salomatligi (2010)
- Salimova N.D. “Особенности клинического течения и лечения эрозивно- язвенних поражений гастродуоденалъной зони у подростков”. 14.00.05 –ichki kasalliklar (2011 yil)
- Tagaeva M.X. “Сочетание неспесифического язвенного колита с ГДП и пути коррекции”. 14.00.05-ichki kasalliklar (2012 yil)
- Mаqsudova F.T. «Патогенетические механизми формирования постнаталъного синдрома поликистозних яичников в эксперименте и его коррекция”. 14.00.16 –patologik fiziologiya (2018 yil).
- Yuldasheva N.X. « Фармакологическая осенка эффективности действия тритерпенових гликозидов, флавоноидов и модифисированних экдистероидов при эксперименталъном сахарном диабете » 14.00.17 – Farmakologiya i klinicheskaya farmakologiya (2020 y.)
- Raximberdieva Z.A. « Прогностическое значение ранних маркеров диабетической нефропатии у болъних с СД 1 типа» 14.00.03 – endokrinologiya (2020 yil)
Tibbiyot fanlari doktorlik dissertasiyalari:
- Xamraev A.A. “Особенности изменения зашитних механизмов при ЯБ с хеликобактерной инфексией и пути их коррексий” (2006 yil)
- Najmutdinova D.Q. «Cостояние местной защитной системы легких при сахарном диабете»
- Shagazatova B.X.«Сахарный диабет:состояние медико-социальной помощи и совершенствование основ лечебно-профилактических мероприятий»
- Miraxmedova X.T. “Psoriatik artrit patogenezi, tashhis masalalari va davolash”(2018 yil)



