Hurmatli talabalar!
Sizlarni Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son ichki kasalliklar va endokrinologiya, Deutsche gesellschaft für ınternationale zusammenarbeit (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Terapiya fanini o‘qitishdagi dolzarb muammolar-yosh tadqiqotchilar nigohida” xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz!
Konferensiyada 3-4-5 kurslar talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya o‘tkazilish sanasi va joyi: 25.05.2023 yil, Toshkent shahri.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 21-maygacha
Konferensiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Konferensiya onlayn formatda o‘tkaziladi.